Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | (375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Ўзбекистон тарих кафедраси Ҳарбийлар куни

2019 yilning 14 yanvar kuni institutning “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov merosini o‘rganish” xonasida “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 27 yilligi munosabati bilan hamda “14-yanvar Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlab “Milliy armiyamiz-bizning iftixorimiz va g‘ururimiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda, “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi mudiri Yu.Ergasheva, Mudofaa vazirligining harbiy havo qo‘shinlariga qarashli 10329-sonli harbiy qism ofitserlari, mayor D.Tilovov, kapitan A.Matnazarov, kapitan Q.Xolmurodov, katta leytenant A.Boboyev, katta leytenant A.Bolg‘ayev kafedra professor-o‘qituvchilari hamda 65 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbir ta’sirchanligini oshirish maqsadida “Harbiylar hayotiga bag‘ishlangan” film namoyish etildi.