Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | (375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Milliy armiyamiz – yoshlarimiz qalbida sadoqat, jasorat matonat tuyg‘ularini mustahkamlovchi hayot maktabi

2019 yil 14 yanvar kuni institutning Neft va gaz fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 27 yilligi munosabati bilan hamda “14-yanvar Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlab “Milliy armiyamiz – yoshlarimiz qalbida sadoqat, jasorat matonat tuyg‘ularini mustahkamlovchi hayot maktabi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda, fakultetning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini I.Xolbazarov, Afg‘on urish qatnashchisi, faxriy I.Saidov, fakultet professor-o‘qituvchilari A.Turdiqulov, D.Ataqulova, J.Xidirov hamda 78 nafar talabalar ishtirok etishdi.