Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | (375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Vatanga xizmat qilish eng oliy baxt

2019 yil 14 yanvar kuni institutning Geologiya va konchilik fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 27 yilligi munosabati bilan hamda “14-yanvar Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlab “Vatanga xizmat qilish eng oliy baxt” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda, fakultetning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini B.Jalilov, zahiradagi podpolkovnik N.Mahmatqulov, “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi M.Allanazarov, fakultet professor-o‘qituvchilari hamda 60 nafar talabalar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida, vazirlik huzuridagi “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi tomonidan tayyorlargan “Vatan himoyachilari” mavzusidagi ijtimoiy videorolik namoyish etildi.