Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | (375) 221-09-23 atm@qmii.uz

14-yanvar Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab bayram tadbiri o‘tkazildi

2019 yil 16 yanvar kuni Muhandis texnika fakultetining iqtidorli talaba-yoshlari tomonidan, Karshi shahrida joylashgan Janubiy g‘arbiy mahsus okrugi 521-safarbarlik chaqiruvi rezervi batalyoniga O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 27 yilligi munosabati bilan hamda “14-yanvar Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlab bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida institut talaba-yoshlari Vatanni ulug‘lovchi kuy-qushiqlar, turli sahna ko‘rinishlarni ijro etib, harbiy xizmatchilarni bayram bilan muborakbod etishdi.