Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | (375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Rektor va yoshlar uchrashuvi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi PF-5106-sonli farmonida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan 2018 yil 16 yanvar kuni institutning Iqtisodiyot fakulteti guruh sardorlari bilan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil uchun mo‘ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasining mazmun mohiyati, mamlakatimizda ta’lim sohasidagi amalga oshirilayotgan islohotlarni talaba-yoshlarga tushuntirish maqsadida “Rektor va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi.
Uchrashuvda, institut rektori N.Maxmudov, Fakulteti dekani A.Xurramov, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkilot yetakchisi Z.Eshonqulov, fakultetning dekan muovinlari Sh.Mingboyev, K.Mirzayev hamda 90 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi.