Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Islomda ekstremizm va terrorizmga o‘rin yo‘q

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 17 yanvar kuni 87-03-283-sonli xatida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2019 yil 25 yanvar kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida Qashqadaryo viloyat Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Musulmonlar idorasining Qashqadaryo viloyat vakilligi bilan hamkorlikda Islomda ekstremizm va terrorizmga o‘rin yo‘q mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda, Qashqadaryo viloyat Davlat xavfsizlik xizmati xodimi M.Atamurodov, Qarshi shahar “Aralovul” jome’ masjidi noib imomi B.Nuriddinov, Qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti akademik litseyi direktori A.Qudratov, ma’naviyat va ma’rifat ishlar bo‘yicha diretkor muovini S.Ahmedov, o‘qituvchilar F.Qobilov, H.Roziqova hamda 150 nafar o‘quvchilar ishtirok etishdi.

Tadbir so‘ngida “Xujradagi zulmat” nomli hujjatli film namoyish etildi.