Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavalludining 81 yiligiga bag‘ishlab gulchanbar qo‘yish marosimi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 25 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risidagi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan 2019 yil 30 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavalludining 81 yiligiga bag‘ishlab, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti jamoasi Qarshi shahridagi Islom Abdug‘aniyevich Karimov sharafiga o‘rnatilgan haykali poyiga “Gulchanbar qo‘yish” marosimida ishtirok etishdi.

Marosimda, institut rektori N.Maxmudov, soha prorektorlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.