Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | (375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Xotira turniri

2019 yil 30 yanvar kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida Ichki ishlar vazirligining Qashqadaryo viloyat akademik litseyi bilan hamkorlikda, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov tavalludining 81 yilligi munosabati bilan, o‘quvchilar o‘rtasida sportning Milliy kurash turi bo‘yicha “Xotira turniri” o‘tkazildi.

Turnirda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyi va Ichki ishlar vazirligining Qashqadaryo akademik litseyi o‘quvchilari o‘zaro bahs olib bordilar.

Turnir yakunida g‘olib sportchi o‘quvchilar turli darajadagi diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.