Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Buyuk murabbiy

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 25 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risidagi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan 2019 yil 31 yanvar kuni Iqtisodiyot fakultetida “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi bilan hamkorlikda, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavalludining 81 yilligiga bag‘ishlab “Buyuk murabbiy” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda, fakultetning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini K.Mirzayev, “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Ch.Temirova, U.Abdullayev hamda 58 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘aniyevich Karimovning hayoti va faoliyati, O‘zbekiston mustaqilligi va taraqqiyoti yo‘lida qilgan samarali mehnatlari hamda bugungi kunda uning xotirasini abadiylashtirish yo‘lida qilinayotgan ishlar haqida ta’kidlab o‘tildi. Tadbir ta’sirchanligi oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov xotirasiga bag‘ishlangan “E’zoz” nomli hujjatli film namoyish etildi