Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Taqdirlash marosimi

2019 yil 2 fevral kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida, 2018-2019 o‘quv yilining yanvar oyi davomida o‘tkazilgan tadbirlarda faol ishtirok etgan o‘quvchi va o‘qituvchilarni “Taqdirlash marosimi” o‘tkazildi.

Taqdirlash marosimida, fan olimpiadalarining Qarshi shahar bosqichida yuqori o‘rinlarni egallab viloyat bosqichiga yo‘llanma olgan 46 nafar o‘quvchi, “Yoshlar xaftaligi” davomida turkum tadbirlarda faol qatnashgan o‘quvchilar, akademik litseyning o‘quvchi-yoshlar uyida o‘tkazilgan “Eng namunali xona”, “Eng namunali qavat” tanlovida g‘olib chiqqan o‘quvchilar, shuningdek an’anaviy xar oyda bir marotaba o‘tkaziladigan “Ichki test” sinovlarida eng yuqori natijalarni ko‘rsatgan o‘quvchilar va ularning ota-onalari hamda oy davomida jamoat ishlarida faol qatnashib, “Eng namunali dars” o‘tgan o‘qituvchilarni kelgusida yanada a’lo natijalarga erishishi maqsadida munosib taqdirlanib, o‘qituvchilarga tashakkurnoma, o‘quvchi yoshlarga diplom va esdalik sovg‘alar topshirildi.