Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Giyohvandlik – hudud, chegara, millat tanlamaydigan mudhish illat!

2019 yil 6 fevral kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish davlat komissiyasi, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, viloyat Narkologiya dispanseri bilan hamkorlikda Giyohvandlik – hudud, chegara, millat tanlamaydigan mudhish illat! mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish davlat komissiyasi mas’ul kotibi Sh.G‘ulomov, viloyat IIB Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish bo‘limi katta tezkor vakili, kapitan Z.Burxonov, viloyat Narkologiya dispanseri bosh shifokori Z.Meyliev, institutning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori A.Xayriddinov, fakultetlarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovinlari A.Ruziyev, I.Holbazarov, K.Mirzayev, I.Nazarov, U.Turayev, B.Jalilov, institut professor-o‘qituvchilari hamda 100 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida ma’ruzachilar tomonidan, giyohvandlikka qarshi kurash borasidagi masalaga davlat miqyosida katta e’tibor qaratilyotgani, narkomaniyaga qarshi kurashning mustahkam huquqiy bazasi yaratilganligi, xavf-xatarni bartaraf etish maqsadida keng jamoatchilikning faolligi zarur ekanligi, Giyohvandlikka chalingan bemorlarga tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatilayotganligi haqida tadbir ishtirokchilariga tushunchalar berildi.