Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Ta’lim muassasalarida korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 28 yanvardagi 87-02-83-sonli xatida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2019 yil 6 fevral kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida Qashqadaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda Ta’lim muassasalarida korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslarimavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda, Qashqadaryo viloyat IIB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, kapitan J.Iskandarov, institutning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori A.Xayriddinov, fakultetlarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovinlari A.Ruziyev, I.Holbazarov, K.Mirzayev, I.Nazarov, U.Turayev, B.Jalilov, institut professor-o‘qituvchilari hamda 100 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbir so‘ngida korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusidagi videorolik namoyish etildi.