Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Ta’lim muassasalarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishning ma’naviy-ma’rifiy asoslari

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan tasdiqlangan “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida 2019 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ning 30-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida 2019 yil 7 fevral kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida Qarshi shahar prokuraturasi, Qarshi shahar Ichki ishlar boshqarmasi, Qarshi shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi bilan hamkorlikda “Ta’lim muassasalarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Qarshi shahar prokurorining katta yordamchisi J.Rahmatov, Qarshi shahar Ichki ishlar boshqarmasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi boshlig‘i, kapitan O.Safarov, Qarshi shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi Tergov bo‘limi tergovchilari, kapitan T.Tilobov, kapitan B.Abdullayev, kapitan O.G‘ulomov, katta leytenant A.Fayziyev, Qarshi shahar Pasport bo‘limi inspektori I.Egamov, Litsey direktori A.Qudratov, ma’naviyat va ma’rifat ishlar bo‘yicha direktor muovini S.Ahmedov hamda 90 nafar o‘quvchilar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida korrupsiyaning ayanchli oqibatlarini o‘zida aks ettirgan xujjatli film namoyish etildi.