Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Xotin-qizlar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5325-son Farmonining ijrosini ta’minlash maqsadida 2019 yil 7 fevral kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti 1-sonli talabalar turar joyining Ma’naviyat va ma’rifat xonasida, Iqtisodiyot fakulteti, institut Xotin-qizlar qumitasi bilan hamkorlikda “Xotin-qizlar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish” mavzusidagi davra suhbati hamda Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 578 yilligiga bag‘ishlab ijodiy kecha o‘tkazildi.

Tadbirda, fakultet dekan muovini K.Mirzayev, institut Xotin-qizlar qumitasi raisi Yu.Raxmonova. kafedra professor o‘qituvchilari Sh.Fayzieva, Z.Shoxo‘jayeva, S.Xamrayeva, F.Temirova, N.Murodova, D.Toyloqova, 1-sonli talabalar turar joyi tarbiyachisi I.Gapparova hamda 53 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan, tadbikorlik faoliyatini amalga oshirish uchun qanday ishlarni amalga oshirish kerakligini, biznes rejalarni tuzish uchun nimalarga e’tibor qaratish kerakligini, bugungi kunda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risidagi savollar bilan murojaat qilishib o‘z tadbirkorlik faoliyatlarini boshlash uchun dastlabki ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.