Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 578 yilligi hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning 536 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida 2019 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining 15-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2019 yil 8 fevral kuni Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti Energetika fakultetida “Oltin Meros” xalqaro xayriya jamoat fondining viloyati muassasasi, Viloyat musiqali drama teatri, O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda, Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 578 yilligi hamda Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning 536 yilligiga bag‘ishlab “Alisher Navoiy shoirlarning sultonidir” hamda “Yaxshi kishi ko‘rmagay yomonlig‘ hargiz…” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda, “Oltin Meros” xalqaro xayriya jamoat fondining viloyat muassasasi raisi Sh.Ashurova, O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi, dramaturg Q.Abdinabiev, Viloyat musiqali drama teatri aktyori P.Nomdorov, xonanda P.Rustamov, institutning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori A.Xayriddinov, fakultet dekani H.Ravshanov, fakultetning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini A.Ruziyev, “O‘zbek va rus tillari kafedrasi” katta o‘qituvchisi M.Yarmatova, fakultet professor-o‘qituvchilari hamda 500 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida ma’ruzachilar tomonidan, Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy asarlarida insoniylik fazilatlari asosiy o‘rinni egallashi, Navoiy o‘z ijodi bilan o‘zbek adabiyotining so‘nggi rivojini belgilabgina qolmay, Movarounnahr va Xurosonning butun ma’naviy madaniyati taraqqiyotiga juda katta ta’sir ko‘rsatgani, uning asarlari, she’riyati qayta-qayta ko‘chirilib, xalq orasida keng tarqalib, shoirlar uchun maktab vazifasini o‘tagani haqida hamda Zahiriddin Muhammad Boburning O‘rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she’riyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan adib, shoir, olim bo‘lish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda ekanligi, Boburning Hindistondagi hukmronlik vaqtida amalga oshirgan ishlari. Ayniqsa, qisqa vaqt ichida Hindistonda siyosiy muhitni barqarorlashtirgani, Hindiston yerlarini birlashtirib, shaharlarni obodonlashtirgani, savdo-sotiq masalalarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ygani, bog‘-rog‘lar yaratgani hamda kutubxonalar, karvonsaroylar qurdirgani haqida tadbir ishtirokchilariga tushunchalar berildi.