Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Alisher Navoiy ma’naviy merosiga ehtirom

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida 2019 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining 15-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2019 yil 9 fevral kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti Muhandis-texnika fakultetida “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi, Respublika Ma’naviyat-ma’rifat markazi viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda, buyuk mutafakkir, she’riyat mulkining sultoni hazrat mir Alisher Navoiy tavalludining 578 yilligiga bag‘ishlab “Alisher Navoiy ma’naviy merosiga ehtirom” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Respublika Ma’naviyat-ma’rifat markazi viloyat bo‘limi mutaxassisi L.Qambarov, fakultetning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini U.To‘raev, “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi dotsenti S.Murtozova, professor-o‘qituvchilar O‘.Abdullaev, tarix fanlari nomzodi P.Xoliqulov, dotsent D. Vasieva, dotsent Ch. Temirova, Sh.Boymurdov hamda 60 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida ma’ruzachilar tomonidan, Alisher Navoiyning hayoti va ijodi, uning bebaho ma’naviy merosi, bugungi kunda yoshlarni ma’naviy yetuk, komil shaxs bo‘lib shakllanishida Alisher Navoiyning ijodini o‘rni haqida, shuningdek, Alisher Navoiy asarlarida insonparvarlik, halolllik, rostgo‘ylik, vatanparvarlik kabi fazilatlarning tarannum etilganligi taqdimot materiallari, video roliklar orqali talabalarga yetkazildi va talabalarga blis-so‘rov shaklida savollar bilan murojaat qilinib, savollarga javob bergan faol talabalar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.