Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

“Karera kuni” axborot-tanishtiruv tadbiri o‘tkazildi

2019 yil 9 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturining mamlakatimizda zamonaviy mehnat bozorini rivojlantirish, yangi ish joylarini barpo etish, yosh mutaxassislarni ish bilan ta’minlash, kadrlar tanlashning zamonaviy vositalarini tatbiq etish ustuvor vazifalari ijrosi yuzasidan Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining 2018/2019 o‘quv yili bitiruvchilarini kasbga yo‘naltirish va ish bilan ta’minlash, ishtirok etuvchi korxona va tashkilotlarning bo‘sh ish o‘rinlari hamda ko‘rgazma jihozlarini bitiruvchilarga havola etish, bitiruvchilar bilan bevosita suhbat o‘tkazish, ishga tanlab olish va shartnomalar rasmiylashtirishi uchun barcha sharoitlarni yaratish maqsadida “Karera kuni” axborot-tanishtiruv tadbiri o‘tkazildi. 

Mazkur tadbirda “Sho‘rtangazkimyo majmuasi” MChJ, “Sho‘rtanneftgaz” MChJ, “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” MChJ, “Muborakneftgaz” MChJ, “Qarshi yog‘-ekstraksiya” AJ, “Koson yog‘-ekstraksiya” AJ, “Dunyo-M” AJ boshqaruvi, “Avtotraktorradiator” O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasi, “Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodi” unitar korxonasi, Qashqadaryo viloyat “Suvoqova” boshqarmasi, Qashqadaryo viloyat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi, “O‘zgeoburg‘uneftgaz” AJ, viloyat bojxona boshqarmasi, Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi, viloyat G‘aznachilik boshqarmasi, viloyat Soliq boshqarmasi, «Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti Qashqadaryo filiali, Qashqadaryo viloyat yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi, Viloyat Issiqlik manbai, Talimarjon issiqlik elektr stansiyasi, Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari OAJ, Qashqadaryo viloyat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasi va viloyatdagi boshqa yirik korxona, tashkilot, muassasalarning rahbarlari, yetakchi mutaxassislari, tadbirkorlar, ishbilarmonlar, tumanlar bandlikka ko‘malashuvchi markaz vakillari, Markaziy bank, tijorat banklari bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdilar.

Tadbir davomida bitiruvchi talaba-yoshlar bilan ish beruvchilar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot tashkil etildi. Talabalar sanoat, muhandislik ishi, iqtisod, moliya, bank sohasi, marketing, audit kabi soha vakillaridan kerakli maslahatlar oldilar.