Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Navoiy ijodiga nazar

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida 2019 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining 15-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2019 yil 8 fevral kuni institutning Iqtisodiyot fakultetida “Oltin Meros” xalqaro xayriya jamoat fondining viloyati muassasasi bilan hamkorlikda, Buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiy tavalludining 578 yilligiga bag‘ishlab “Navoiy ijodiga nazar” mavzusida ba’diylashgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Oltin Meros” xalqaro xayriya jamoat fondining viloyat muassasasi raisi Sh.Ashurova, institutning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori A.Xayriddinov, “Yurt tarovati” gazetasi bosh direktori N.Ibragimova, fakultet dekani A.Xurramov, institut Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Yu.Raxmonova, dekan muvinlari K.Mirzaev, Sh.Mingboev, fakultet professor-o‘qituvchilari hamda 80 nafar talaba yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida fakultetning “Kasb ta’limi iqtisodiyoti” yo‘nalishining 162-18 guruhining iqtidorli talabalari tomonidan, Buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiyning asarlaridan sahna ko‘rinishlari, g‘azal va ruboiylaridan yod olib tadbir ishtirokchilariga xush kayfiyat ulashishdi.