Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Diniy ekstremizm va terrorizmning salbiy oqibatlari

2019 yil 11 fevral kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining Texnologiya fakultetida O’zbekiston musulmonlari idorasining Qashqadaryo viloyat vakilligi bilan hamkorlikda talaba-yoshlar o’rtasida “Diniy ekstremizm va terrorizmning salbiy oqibatlari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Tadbirda, Qarshi shahar “Navo” jom’e masjidi imom noibi Q.Xo’jayorov, institutning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori A.Xayriddinov, fakultet dekani Sh.Axmedov, fakultetning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan muovini I.Nazarov, xotin-qizlar fakultet boshlang’ich tashkiloti raisi X.Ismoilova, fakultet professor-o’qituvchilari hamda 83 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Tadbir davomida ma’ruzachilar tomonidan, Diniy ekstremizm va terrorizmning salbiy oqibatlari va uning domiga yoshlarimizni tushib qolmasligi uchun avvalo yoshlarda yot, buzg’unchi g’oyalarga qarshi immunitet hosil qilish asosiy dolzarb masala ekanligi tushuntirildi.