Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Giyohvandlik va ichkilikbozlik inson hayotining kushandasi

2019 yil 12 fevral kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining Texnologiya fakultetida viloyat Narkologiya dispanseri bilan hamkorlikda talaba-yoshlar o’rtasida “Giyohvandlik va ichkilikbozlik inson hayotining kushandasi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Tadbirda, viloyat Narkologiya dispanseri shifokori X.Tursunov, institutning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori A.Xayriddinov, fakultet dekani Sh.Axmedov, fakultetning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan muovini I.Nazarov, xotin-qizlar fakultet boshlang’ich tashkiloti raisi X.Ismoilova, fakultet professor-o’qituvchilari hamda 97 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida ma’ruzachilar tomonidan, Giyohvandlik va ichkilikbozlikning salbiy oqibatlari haqida suz borganda bu mudxish illatga odatda, ruhan zaif, irodasi bo’sh, birovlarga taqlid qilishga moyil, o’ta xudbin kishilar beriluvchan bo’lishi, bunday shaxslar o’z moyilliklariga qarshi kurashaolmasligi, bora bora organizmdagi moyillik “mutloq g’olib” ga aylanib qolishi haqida tadbir ishtirokchilariga tushunchalar berildi.