Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Ekologiya – XXI asrning eng dolzarb masalasi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2019 yil 22 yanvardagi 864-sonli buyrug‘i bilan ro‘yxatdan o‘tgan “O‘zbekiston ekologik partiyasi” tashkil etilishi munosabati bilan, 2019 yil 25 yanvar kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining “Atrof muhit himoyasi va ekologiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilarining 2018-2019 o‘quv yilida madaniy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish rejasi asosida “Ekoklub” tashkillashtirildi va unga muvofiq “Rivojlangan mamlakatlarda va O‘zbekistonda ekologik ta’lim, ilm va tarbiya ishlari” nomli umumiy mavzusi tasdiqlandi.

2019 yil 28 fevral kuni institutning 1-talabalar turar joyida Ekoklubning birinchi tadbiri o‘tkazildi. Tadbirni “Geologiya va konchilik” fakulteti dekani U.Panjiyev kirish so‘zi bilan ochib ekoklub faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi. “Atrof muhit himoyasi va ekologiya” kafedrasi professori v.b., texnika fanlari doktori, O‘zbekiton ekologik partiyasi Markaziy kengash a’zosi Sh.Muradov slaydlar asosida “O‘zbekiston ekologik partiyasi haqida, dunyoda ekologik ta’lim yangiliklari va ilg‘or texnologiyalar”mavzusidagi ma’ruzasida O‘zbekistonda tasdiqlangan yangi Ekologik partiyaning tuzilish jarayoni, uning ustavi, dasturi, faoliyati haqida batafsil tushintirildi. Partiyaning maqsad va vazifalari, partiyaga a’zolik qanday oshirilishi, a’zolarning huquq va majburiyatlari, tashkiliy tuzilmasi, rahbar va nazorat organlari, hududiy tashkilotlari, tuman tashkilotlari, boshlang‘ich tashkilotlari, deputatlik birlashmalari, saylovlarda ishtiroki, boshqa partiyalar bilan munosabati, faoliyatni moliyalashtirish, rahbar va nazorat organlari qarorlarini, partiya ustavi va dasturini qabul qilish hamda ularga qo‘shimchalar kiritish tartibi va faoliyatini tugatish tartibi haqida batafsil gapirib o‘tdi.

Tadbir davomida dunyo ta’limida keng joriy etilgan kredit tizimi haqida ham so‘z yuritilib, “Ekologiya” fani misolida yangi tuzilgan va qo‘llanayotgan uslubiy ko‘rsatma namoyish etildi.