Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Institut akademik litseyida an’anaviy “Tillar” festivali o‘tkazildi.

2019 yil 28 fevral kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyida “Xalqaro ona tili kuni” munosabati bilan an’anaviy “Tillar” festivali o‘tkazildi.

Tadbirga Toshkent shahridagi Germaniya elchixonasi press-attashesi Yens Verner, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori A.Xayriddinov, Ichki ishlar vazirligining Qashqadaryo akademik litseyi direktori M.Do‘syorov, Qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti akademik litseyi direktori A.Qudratov, Ma’naviyat va ma’rifat ishlar bo‘yicha direktor muovini S.Ahmedov, akademik litsey o‘qituvchilari hamda 300 nafar o‘quvchilar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida akademik litsey o‘qituvchi va o‘quvchilari tomonidan o‘zbek tilida, shuningdek ingliz, nemis, fransuz va rus tillarida turli hil saxna ko‘rinishlari, dialoglar, kuy-qo‘shiqlar va raqslar ijro qildilar.

Shuningdek o‘quvchilar tomonidan yurtimizdagi Qarshi, Samarqand, Buxoro, Xiva hamda Shaxrisabz kabi ko‘hna va navqiron tarixiy shaharlarimizning turizm saloxiyati va imkoniyatlari to‘g‘risida yig‘ilgan mexmonlarga turli tillarda taqdimot ko‘rinishida ma’lumotlar berildi.

Tadbirda mexmon sifatida ishtirok etgan Yens Verner tadbirdan so‘ng nemis tilini mukammal o‘rganish yuzasidan o‘qituvchi va o‘quvchilarga master klass darsini o‘tib berdi.