Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Giyohvandlik va kashandalik umr zavoli

2019 yil 1 mart kuni institutning Energetika fakultetida Qashqadaryo viloyat Narkologiya dispanseri, Qarshi shahar Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda, talaba-yoshlar o‘rtasida profilaktik tadbirlarni kuchaytirish maqsadida “Giyohvandlik va kashandalik umr zavoli” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda, Qarshi shahar 3-son IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektori, kapitan X.Xamidov, Qashqadaryo viloyat Narkologiya dispanseri shifokori O.To‘rayev, fakultet dekan muovinlari A.Ruziyev, F.Ishqobilov, “Xorijiy tillar” kafedrasi o‘qituvchilari G.Mansurova, N.Bo‘riyeva, Sh.Ishonqulov, K.Fayziyeva, Yu.Jo‘rayeva, D.Nashirova. N.Ishonqulova, G.Jumayeva, hamshiralar N.Raxmonova, M.Yuldosheva hamda 91 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida ma’ruzachilar tomonidan, giyohvandlik va uning salbiy oqibatlari va buning oqibatida inson umri zavolga yuz tutishi haqida ta’kidlab o‘tildi.