Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

She’riyat olamida yaralgan bahor

2019 yil 1 mart kuni institutning Iqtisodiyot fakultetida O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyati bo‘limi bilan hamkorlikda, Sharq madaniyati, adabiyoti va she’riyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan serqirra ijodkor, o‘zbek halqining sevimli shoirasi, jurnalist, jamoat arbobi Zulfiyaxonim Isroilova tavalludining 104 yilligiga bag‘ishlab “She’riyat olamida yaralgan bahor” mavzusida badiiylashtirilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyat bo‘limi a’zosi, “Oltin Meros” xalqaro xayriya jamoat fondining viloyat muassasasi raisi Sh.Ashurova, “Yurt tarovati” gazetasi bosh direktori N.Ibragimova, institutning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori A.Xayriddinov, fakultet dekani A.Xurramov, fakultet dekan muovinlari K.Mirzaev, Sh.Mingboev, fakultet professor-o‘qituvchilari G.Jumayeva, Sh.Fayziyeva, Z.Shoxujayeva, N.Jalilova hamda 95 nafar talaba yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida fakultetning “Moliya” ta’lim yo‘nalishining 163-18 guruhining iqtidorli talabalari tomonidan sahna ko‘rinishlari va Zulfiyaxonim ijodidan o‘zbek, rus, ingliz tillarida she’rlar ijro etishdi.