Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Har kunimiz Navro’z bo’lsin

2019 yil 3 mart kuni Iqtisodiyot fakulьteti jamoasi hamda talaba-yoshlari tomonidan “Navro’z” umumxalq bayrami munosabati bilan “Har kunimiz Navro’z bo’lsin” shiori ostida “Sumalak sayli” tadbiri bo’lib o’tdi. Tadbirda fakulьtet dekan muovinlari K.Mirzaev, Sh.Mingboev, faxriy professor-o’qituvchilari, gururuh murabbiysi Z.Shoxo’jaeva hamda “Kasb ta’limi iqtisodiyoti” 162-16 – guruh talaba-yoshlari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida, Qarshi “Muruvvat” nogiron bolalar uchun internat uyi tarbiyalanuvchilari hamda kam ta’minlangan, boquvchisini yo’qotgan oilalar holidan xabar olinib, sumalak tarqatildi va gururuh murabbiysi Z.Shoxo’jaeva rahbarligida Qarshi tumani Qovchin qishlog’ida joylashgan Аbu Muin Nasafiy ziyoratgohiga tashrif uyushtirishdi.