Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

“Balli qizlar” bellashuvi

2019 yil 5 mart kuni institut Xotin-qizlar qumitasi tomonidan 8 Mart – Xalqaro xotin qizlar kuniga bag‘ishlab 1-sonli Talabalar turar joyida yashaydigan 5 nafar talaba-qizlar o‘rtasida “Balli, qizlar!” tanlovi o‘tkazildi.

Tanlov 5 ta shart  bo‘yicha o‘tkazildi, tanishiruv, chet tillarning birida gapirish, tezkor savol-javob, salat tayyorlash va erkin mavzu bo‘yicha mahoratlarini namoyish etdilar.

Tanlov natijalariga ko‘ra g‘oliblar quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha taqsimlandi: “Eng zukko” – Muhandis-texnika fakulteti talabasi Haydarova Mahbuba, “Eng jozibali” – Geologiya va konchilik fakulteti talabasi Arzieva Shaxzoda, “Eng latofatli” – Iqtisodiyot fakulteti talabasi Alimova Laylo, “Eng nafosatli” – Geologiya va konchilik fakulteti talabasi Karimova Nargiza, “Eng nazokatli” – Texnologiya fakulteti talabasi Xushvaqtova Komila.

Tadbirda Xotin-qizlar ko‘mitasi raisi Yu.Raxmanova, Iqtisodiyot fakulteti xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti raisi K.Muzaffarova, Neft va gaz fakulteti xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti raisi D.Azizova, Muhandis-texnika fakulteti xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti raisi D.Abdieva, “Xorijiy tillar” kafedrasi katta o‘qituvchisi O.Xalilova, “O‘zbek va rus tillari” kafedrasi o‘qituvchisi D.Turaeva, pedagog-tarbiyachi I.Gapparovalar ishtirok etishdi.

Tanlov so‘ngida, qizlar bellashuvida faol ishtirok etgan talaba-qizlarga diplom va esdalik sovg‘alar topshirildi.