Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Balli qizlar tanlovi

2019 yil 5 mart kuni institutning Texnologiya fakulteti “Kimyoviy texnologiya” yo‘nalishining 172-18, 173-18 guruh talaba-qizlari o‘rtasida “Balli qizlar” tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovda, talaba-qizlardan “Zulfiyaxonim qizlari” va “O‘zbegim qizlari” jamoalari tuzilib, o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. Tadbir davomida tanishtiruv, hamda salat tayyorlash, soch turmaklash, karving va bijuteriya yasash borasida ham o‘z mahoratlarini nomoyish etdilar. Shuningdek, talaba-qizlar tomonidan “Diniy ekstremizmga qarshi kurash” va “Odam savdosi – davr muammosi” mavzulariga oid dolzarb sahna ko‘rinishlari, she’rlar, raqs va qo‘shiqlar ijro etishdi.

Tanlovda, institut Xotin-qizlar ko‘mitasi raisi Yu.Raxmanova, Texnologiya fakulteti xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti raisi H.Ismoilova, “Kimyoviy texnologiya” kafedrasi o‘qituvchilari Yu.Xidirova, U.Shabarova, D.Begimkulova, O.Axmedova, L.Juraevalar qatnashdi.

Tanlov so‘ngida faol ishtirok etgan talaba-qizlarga diplom va esdalik sovg‘alar topshirildi.