Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Ayollar mehridan boshlanar bahor

2019 yil 6 mart kuni Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatrida “Ayollar mehridan boshlanar bahor” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy, badiiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda institut rektori, soha prorektorlari, fakultet dekanlari, xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi raisi, xotin-qizlar kengashi raisi, institutning ayol professor-o‘qituvchilari va xodimlari va iqtidorli talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Tadbirni institut rektori N.Maxmudov, kirish so‘zi bilan ochib, barcha ayollarni 8 Mart – Xalqaro xotin qizlar kuni bayrami bilan qizg‘in muborakbod etdi.

Tadbirda, Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatri jamoasi, institutning “Nihol” talabalar teatr studiyasi, “Barkamol avlod” QVZ jamoasi, o‘z kuy-qo‘shiqlari, sahna ko‘rinishlari hamda chiqishlari bilan bayram ishtirokchilariga xush kayfiyat taqdim etishdi.