Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Korrupsiya-taraqqiyot kushandasi

2019 yil 11 mart kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti Neft va gaz fakultetida Qarshi shahar Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda, talaba-yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchiliklar oldini olish maqsadida “Korrupsiya-taraqqiyot kushandasi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda, Qarshi shahar “Naxshab” MFY IIB XPBTP profilaktika inspektori leytenant S.Tursunov, fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha dekan muovini I.Xolbazarov, professor-o‘qituvchilar M.Burxonova, G.Djuraeva hamda 80 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirda soha xodimlari tomonidan talaba-yoshlarga tushuncha, ko‘rsatmalar berilib, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan qabul qilingan Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun va qonun ijrosini amlaga oshirilishida islohotlar yanada izchil tus olishiga sharoit yaratilayotgani, xalqimizda katta umid, ertangi kunga ishonch uyg‘otishi haqida ta’kidlab o‘tildi.