Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Abu Mu’in Nasafiy ziyoratgohiga tashrif!

2019 yil 12 mart kuni Neft va gaz fakulteti “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” yo‘nalishining 144-17-guruh talaba-yoshlari guruh murabbiysi S.Tojiboev hamda fakultetning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini I.Xolbazarov boshchiligida, Talaba-yoshlarda buyuk ajdodlarimizning boy tarixiy merosini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, ajdodlarga bo‘lgan munosabatni, tarixiy me’rosimizni asrab-avaylash va ularda faxr tuyg‘usini shakillantirish maqsadida Qarshi tumani Qovchin qishlog‘ida joylashgan o‘z davrining buyuk mutafakkirlaridan biri, fiqh ilmining allomasi Abu Mu’in Nasafiy ziyoratgohiga tashrif uyushtirishdi.

Tashrif davomida Abu Mu’in Nasafiyning hayoti va faoliyatiga oid tarixiy ma’lumotlar bilan talabalar tanishtirildi.