Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Diniy ekstremizm va terrorizmning mudhish oqibatlari

2019 yil 12 mart kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti Neft va gaz fakultetida O‘zbekiston musulmonlar idorasining Qashqadaryo viloyat vakilligi bilan hamkorlikda “Diniy ekstremizm va terrorizmning mudhish oqibatlari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda, Qarshi shahar “Aralovul” MFY masjidi noibi B.Nuriddinov, fakultetning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini I.Xolbazarov, fakultet xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti raisi D.Azizova, professor-o‘qituvchilar A.Suyarov, A.Tuxtaeva hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbir dvomida ma’ruzachilar tomonidan, Diniy ekstremizmning salbiy oqibatlari va talaba-yoshlarda turli yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitet hosil qilish, uni yanada mustahkamlash, turli vositalar orqali qadriyatlarimiz va milliy-diniy an’analarimiz, mentalitetimizga yot bo‘lgan tushuncha va g‘oyalarning kirib kelishi, tarqalishiga to‘sqinlik qilish barchamizning insoniy burchimiz ekanligi haqida ta’kidlab o‘tildi.