Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Kitob –ma’naviyat ko‘zgusi

2019 yil 12 mart kuni institutning Muhandis-texnika fakulteti “Gidrotexnik inshoatlar va nasos stansiyalardan foydalanish” kafedrasi tomonidan O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyati bo‘limi bilan hamkorlikda, talaba-yoshlarni har tomonlama ma’naviy yetuk inson qilib tarbiyalash, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida “Kitob –ma’naviyat ko‘zgusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyati bo‘limi rahbari, shoir U.Xaydar, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyat bo‘limi bosh mutaxassisi, shoira N.Umarova, kafedra mudiri S.Eshev, professor-o‘qituvchilar I.Saidov, I.G‘ayimnazarov, Sh.Latipov hamda 80 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida ma’ruzachilar tomonidan, talaba-yoshlarni kitob mutolaasiga qiziqtirish hamda milliy va jahon mumtoz adabiyotining yuksak namunalarini targ‘ib qilish bilan bir qatorda, bugungi kun ijodkorlari tomonidan yangi yaratilgan badiiy asarlar bilan yaqindan tanishtirib borish haqida so‘z yuritildi.