Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

OITSning oldini olish va uning salbiy oqibatlari

2019 yil 12 mart kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti Texnologiya fakultetida Viloyat OITSga qarshi kurash markazi bilan hamkorlikda OITSning oldini olish va uning salbiy oqibatlari mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Viloyat OITSga qarshi kurash markazi shifokori X.Baxrinov, institutning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori A.Xayriddinov, fakultetning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan mouvini I.Nazarov, fakultet professor-o‘qiuvchilari Yu.Xidirova, O.Mixliev, A.Panjiev, fakultet xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti raisi X.Ismoilova hamda 60 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida, ma’ruzachilar tomonidan Orttirilgan immun tanqisligi sindiromining (OITS) salbiy oqibatlari va bu infeksiyaning tarqalish yo‘llari, uning oldini olish yuzasidan tushuntirish berildi.