Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Diniy ekstremizm va terrorizmning salbiy oqibatlari

2019 yil 14 mart kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutidaQarshi shahar Ichki ishlar boshqarmasi, O‘zbekiston Musulmonlar idorasining Qashqadaryo viloyat vakilligi bilan hamkorlikda “Diniy ekstremizm va terrorizmning salbiy oqibatlari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda, Qarshi shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi “Terrorizm va ekstrimizmga qarshi kurashish” bo‘limi boshlig‘i, kapitan B.Jovliev, Qarshi shahar “Navo” masjidi imomi M.Qamarov, institutning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori A.Xayriddinov, fakultet dekani M.Aliqulov, institut psixologlari N.Mirzaeva, N.Sadatova, fakultet dekan muovinlari I.Saidov, U.Turaev, fakultet professor-o‘qituvchilari T.Doniyorov, U.Quvvatov, A.Isoqov hamda 80 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida taklif etilgan mutasaddi idora vakillari tomonidan,yurtimizda qator sohalarda erishilayotgan yuksak marralar ozod va obod yurtimizning nufuzini oshirayotgani, bunyodkor xalqimiz o‘z rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidan dadil odimlab, orzu-maqsadlariga erishib, tinch-osoyishta turmush kechirayotganini aytib, xalqimizni turli g‘oyaviy tahdidlardan asrash, ayniqsa, yoshlarda mafkuraviy immunitet hosil qilish, uni yanada mustahkamlash, turli vositalar orqali qadriyatlarimiz va milliy-diniy an’analarimiz, mentalitetimizga yot bo‘lgan tushuncha va g‘oyalarning kirib kelishi, tarqalishiga to‘sqinlik qilish barchamizning insoniy burchimiz ekanligi ta’kidlandi.