Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti Kengashi

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti Kengashi to’g’risida

Nizom

        Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y. 9-son, 225-modda) va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y. 11-12-son, 295-modda) qonunlariga hamda «Oliy ta’lim to‘g‘risida»gi Nizomga muvofiq Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti Kengashi faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

I. Umumiy qoidalar

         1. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining faoliyatiga tegishli asosiy masalalarni ko‘rib chiqish uchun rektor raisligida QarMII kengashi (keyingi o‘rinlarda – institut Kengashi) tashkil etiladi.

         2.Institut Kengashi tarkibi rektor, prorektorlar, fakultet dekanlari, QarMII tarkibiga kiruvchi mustaqil tashkilot va tarmoqlar direktorlari, mutaxassis chiqaruvchi kafedralar mudiri, shuningdek, jamoat tashkilotlari rahbarlaridan tashkil etiladi. Institut Kengashining boshqa a’zolari fakultetning umumiy majlisida yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadilar. Professor-o‘qituvchilar tarkibidan kengashga saylanuvchi a’zolarning soni rektorning buyrugi bilan belgilanadi. Institut Kengashi tarkibiga QarMIIning muayyan yo‘nalish muammolari bo‘yicha ishlayotgan yirik olim va mutaxassislari ham kiritilishi mumkin. Vakolat muddati – 5 yil.

         3.Institut Kengashi tarkibi QarMII rektorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Har o‘quv yilining boshida, turli sabablarga ko‘ra institute kengashi tarkibidan chiqqanlar o‘rniga, yangi a’zolar saylanadi yoki nizom bo‘yicha kiritiladi.

II. Institut Kengashining maqsad va vazifalari

boshqa barcha imkoniyatlarni O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi qonunlarida belgilangan vazifalarning bajarilishini ta’minlash, oliy ta’limning davlat ta’lim standarti talablari darajasida mukammal bilim, malaka, ko‘nikmalarga ega bo‘lgan professional mutaxassislar tayyorlashga yo‘naltirishdan iborat. 

5. QarMII ning Kengashi:

-Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlarining qatiy bajarilishini o‘rganib chiqadi hamda ustivor masalalar bo‘yicha tavsiya va topshiriqlar belgilaydi;

-fakultetlarning o‘quv, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy ishlari to‘g‘risidagi, akademik litseylar, QarMII qoshidagi jamoat tashkilotlari faoliyati to‘g‘risidagi, qabul komissiyasining qabul natijalari to‘g‘risidagi, shuningdek marketing xizmatining xalq ho‘jaligining bitiruvchi mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoji, buyurtmachi tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitadi hamda tegishli qaror qabul qiladi;

-ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejalari ijrosi, professor-o‘qituvchilar tarkibining malaka oshirish va qayta tayyorlash masalalarini muhokama qiladi hamda tegishli qarorlarni qabul qiladi;

-QarMII rivojlanishining yillik va istiqboliy rejalarini tasdiqlaydi, moddiy-texnik ta’minot va moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalarini muhokama qiladi hamda tegishli qarorlarni qabul qiladi;

-fakultet va kafedralarni ochish, tugatish, o‘zgartirish, shuningdek marketing xizmati takliflarini hisobga olgan holda yangi bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish yoki to‘xtatish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha qaror qabul qiladi;

 -«Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga muvofiq professor-o‘qituvchilar lavozimlarini egallash uchun tanlovlar o‘tkazadi;

-professor, dotsent ilmiy unvonini olishga intilayotgan izlanuvchilarning hujjatlarini ko‘rib chiqadi va belgilangan tartibda ilmiy unvonga tasdiqlashga taqdim etadi;

-QarMII bitiruvchilari hamda professor-o‘qituvchilarining ingliz tilini bilishlarini ta’minlash va kompyuter texnologiyalari, Internetdan foydalana olishlari bo‘yicha tayanch ko‘nikmalarni shakllantirish masalalarini muhokama qiladi va chora-tadbirlar belgilaydi;

-ta’lim jarayonining o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganligi, yangi avlod darslik va o‘quv qo‘llanmalari, shuningdek innovatsion ta’lim texnologiyalarini qo‘llashga asoslangan o‘quv-uslubiy majmualarni tayyorlash va nashr etish masalalarini muhokama qiladi;

-stajer-tadqiqotchi-izlanuvchi va katta ilmiy xodim-izlanuvchi institutlariga nomzodlarni tavsiya etadi, ularning shaxsiy rejalari va dissertatsiyalari mavzularini tasdiqlaydi;

-iqtidorli talabalar safidan va professor-o‘qituvchilar tarkibidan nomzodlarni «Iste’dod» jamg‘armalari orqali xorijiy olii ta’lim muassasalarida stajirovka o‘tishga tavsiya etadi;

-QarMII iqtidorli talabalari va stajer-tadqiqotchi-izlanuvchilari safidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi va nomli davlat stependiyalar tanlovida ishtirok etadigan nomzodlarni tavsiya etadi;

-«Sog‘lom avlod uchun» jamg‘armasi bilan hamkorlikda talabalarning jismoniy tarbiyasi va ularning sog‘liqlarini yanada yaxshilash bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqadi;

-asosiy buyurtmachi tashkilot, korxona va muassasalar bilan korporativ hamkorlikni rivojlantirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash hamda talabalarning malakaviy amaliyoti samaradorligini oshirish masalalarini muhokama qiladi va ularni yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi;

-xorijiy mamlakatlarning oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha qarorlar qabul qiladi;

-ta’lim xizmatlari bilan shug‘ullanuvchi kichik korxonalar, firma va kurslar faoliyati haqida rahbarlarning hisobotlarini eshitadi hamda tegishli qaror qabul qiladi;

-institut talabalari va xodimlarining texnika xavfsizligi va mehnat mu-hofazasini takomillashtirish bo‘yicha tadbirlarni belgilaydi.

III. Institut Kengashi faoliyatini tashkil etish

oshiradi. Institut Kengashi rejasi Kengash tomonidan ko‘rib chiqilganidan so‘ng QarMIIning rektori tomonidan tasdiqlanadi.

      7. QarMIIning o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy ishlarga doir barcha masalalar bo‘yicha Institut Kengashi qarorlari ochiq ovoz berish tartibida ko‘pchilikning ovozi bilan qabul qilinadi. Institut Kengashi majlisi uning tarkibidagi a’zolarning 2/3 qismi ishtirok etgandagina haqiqiy hisoblanadi.

      Professor-o‘qituvchilar tarkibi lavozimlarini egallash hamda professor yoki dotsent ilmiy unvonlarini berish bo‘yicha o‘tkaziladigan tanlovlar va taqdim-nomalar yuzasidan qarorlar yopiq ovoz berish yo‘li bilan belgilangan tartibda qabul qilinadi.

      8. Institut Kengashi  qarorlari QarMIIning rektori tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng kuchga kiradi.

      9. Institut Kengashi  majlisi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomalar Institut Kengashi raisi va ilmiy kotibi tomonidan imzolanadi.

     10. Institut Kengashi raisi muntazam ravishda kengash qarorlarining bajarilishi bo‘yicha tekshiruvlar tashkil etadi va Institut Kengashi a’zolariga ularning natijalari haqida axborot beradi.

Izoh:  Vazirlik  va   hokimiyat  topshiriqlari  hamda   joriy ishlar zaruriyatidan kelib  chiqqan  holda Institut  Kengashi yig‘ilishi   kun   tartibiga   Rektor   ko‘rsatmasiga   binoan    tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.