Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Rektor va yoshlar uchrashuvi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi PF-5106-sonli farmonida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan 2019 yil 14 mart kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida turli hududlardan taxsil olayotgan jurnalistik mahoratga ega bo‘lgan, har qanday axborotni holis va haqqoniy tahlil qilib ijtimoiy tarmoqlarda o‘z munosabatini bildirib bora oladigan “Internet jurnalistlar” gururihiga tavsiya etilgan talaba-yoshlari bilan “Rektor va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi. Uchrashuvda institut rektori N.N.Maxmudov, institutning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor A.Xayriddinov, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkilot yetakchisi Z.Eshonqulov hamda 55 nafar talaba yoshlar ishtirok etishdi