Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Teatrga tashrif

2019 yil 15 mart kuni talaba-yoshlarni teatr san’atidan yanada kengroq bahramand etish va ma’naviy dunyosini boyitish maqsadida institut talaba yoshlari Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatriga tashrif buyurib, yozuvchi adib Chingiz Aytmatov asari asosida Farxod Jumaev tomonidan sahnalashtirilgan “Jamila” nomli spektaklini tomosha qilishdi.

Tadbirda, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i U.Toshniyazov, fakultetlarning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan movinlari A.Ruziev, U.Turaev, I.Nazarov, B.Jalilov, institut professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.