Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish

2019 yil 18 mart kuni Qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti Neft va gaz fakultetida Qarshi shahar Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda, talaba-yoshlar o’rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish maqsadida “Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish” mavzusida ma’naviy-marifiy tadbir o’tkazildi.
Tadbirda Qarshi shahar Ichki ishlar organlari faoliyati muvofiqlashtirish Boshqarmasi o’rinbosari E.Juraev, Qarshi shahar 2-sonli Ichki ishlar bo’limi boshlig’i А.Juraev, Qarshi shahar Ichki Ishlar Boshqarmasi tezkor vakili B.Jovliv, fakulьtetning ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo’yicha dekan muovini I.Xolbazarov, fakulьtet professor-o’qituvchilari hamda 130 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida ma’ruzachilar tomonidan, Diniy ekstremizm va terrorizmning salbiy oqibatlari va uning domiga yoshlarimizni tushib qolmasligi uchun avvalo yoshlarda, buzg’unchi g’oyalarga qarshi immunitet hosil qilish asosiy dolzarb masala ekanligi tushuntirildi.