Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Аbdulla Oripov – noyob iste’dod egasi

2019 yil 27 mart kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti Iqtisodiyot fakultetida Zamonaviy o’zbek adabiyotining ulkan va atoqli siymolaridan biri O’zbekiston Qahramoni Аbdulla Oripov tavalluddining 78 yilligi munosabati bilan “Аbdulla Oripov – noyob iste’dod egasi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy, xotira tadbiri o’tkazildi.
Tadbirda, institut rektori N.Maxmudov, Аbdulla Oripovning umr yo’ldoshlari X.Oripova, QarDU professori А.Erkayev, “Yurt tarovati gazetasi” bosh muharriri I.Ibragimova, fakultet dekani Iqtisodiyot fakulteti А.Xurramov, fakultet dekan muovinlari K.Mirzaev, Sh.Mingboev, fakultet professor-o’qituvchilari hamda 70 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbirda so’z olganlar, shoir ijodi o’zbek adabiyotida o’ziga hos o’rin egallaganligi va o’z she’riyati bilan o’zbek adabiyotini yangi bosqichga ko’tarib, millatning o’zligini anglashiga, milliy tafakkurni yanada yuksaltirishga beqiyos hissa qo’shganligi hamda o’z adabiy maktabini yaratganligini alohida ta’kidlab o’tdilar.
Tadbir davomida fakultetning iqtidorli talaba-yoshlari tomonidan Аbdulla Oripovning she’rlaridan namunalar o’qilib, “Sohibqiron” she’riy drammasidan sahna ko’rinishi ijro etildi.