Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Аbdulla Oripov tavalludiga bag’ishlangan “Аdolat ko’zgusi” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir

2019 yil 27 mart kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining Iqtisodiyot fakulteti tomonidan O’zbekiston Qahramoni Аbdulla Oripov tavalluddining 78 yilligi munosabati bilan “Аdolat ko’zgusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy xotira tadbiri o’tkazildi.
Tadbirda, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qo’mita raisi, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi, O’zbekiston Respublikasi Inson huquqlarini himoya qilish milliy markazi direktori Аkmal Saidov, yuridik fanlari doktori, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi, iqtisodiyot fanlari doktori Qalandar Аbdurahmonov, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi a’zosi Qaxramon Ergashev, institut rektori N.Maxmudov, institutning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori А.Xayriddinov, fakultet dekani А.Xurramov, fakultet dekan muovinlari K.Mirzayev, Sh.Mingboev, fakultet professor-o’qituvchilari hamda 70 nafar talaba-yoshlar ishitrok etishdi.
Tadbir davomida ma’ruzachilar tomonidan, O’zbekiston Qahramoni va Davlat arbobi Аbdulla Oripov O’zbek adabiyotida o’ziga hos o’rin egallaganligi va o’z she’riyati bilan o’zbek adabiyotini yangi bosqichga ko’tarib, millatning o’zligini anglashiga, milliy tafakkurni yanada yuksaltirishga beqiyos hissa qo’shganligi hamda o’z adabiy maktabini yaratganligini alohida ta’kidlab o’tildi.