Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Samarqand shahrigaga sayohat

2019 yil 27 mart kuni institutning Muhandis-texnika fakulteti “Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi” ta’lim yo‘nalishining 152-18 – guruhi talaba-yoshlari guruh murabbiysi N.Qo‘ziev boshchiligida, Talaba-yoshlarda buyuk ajdodlarimizning boy tarixiy merosini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, tarixiy me’rosimizni asrab-avaylash va ularda fahr tuyg‘usini shakillantirish maqsadida qo‘hna va navqiron Samarqand shahriga sayohat uyushtirishdi.

Tashrif davomida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov dafn etilgan “Hazrati Xizr” majmuasi, Samarqand shahrining Registon maydonida joylashgan uch madrasa Ulug‘bek madrasasi, Tillakori va Sherdor madrasalarini, Shohi zinda ziyoratgohi, Amir Temur maqbarasi, Bibixonim jome’ masjidlarini ziyorat qilishdi.