Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Biz radikalizm, missionerlik va prozelitizmga qarshimiz

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan tasdiqlangan “Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida 2019 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo’yicha chora-tadbirlar dasturi” ning 16-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida 2019 yil 28 mart kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyoti institutida Qarshi shahar Ichki ishlar boshqarmasi, O’zbekiston musulmonlari idorasining Qashqadaryo viloyat vakilligi bilan hamkorlikda talaba-yoshlar o’rtasida “Biz radikalizm, missionerlik va prozelitizmga qarshimiz” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.
Tadbirda, Qarshi shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish “Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish” bo’limi boshlig’i, katta leytenant J.Sharopov, O’zbekiston musulmonlari idorasi Qashqadaryo viloyat vakiligi, Qarshi shahar “Navo” masjidi imom xatibi M.Qambarov, Institutning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori А.Xayridinov, fakultetlarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan muovinlari, professor-o’qituvchilar hamda 88 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi.