Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Onajonim –she’riyat

2019 yil 28 mart kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining Energetika fakulteti tomonidan “O’zbek va rus tillari” kafedrasi bilan hamkorlikda, O’zbekiston Qahramoni Аbdulla Oripov tavalludining 78 yilligiga bag’ishlangan “Onajonim – she’riyat” mavzusida badiiy-adabiy, ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.
Tadbirda, Fakultetning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan muovini А.Ruziev, fakultetning o’quv ishlar bo’yicha dekan moovini F.Ishqobilov, “O’zbek va rus tillari” kafedrasi professor o’qituvchilari I.Yarmatova, N.Radjabova, U.Usmonova, fakultet professor-o’qituvchilari T.Toshev, Yu.Ochilov, А.Umirov, А.Imomnazarov hamda 84 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbirda so’zga chiqqanlar shoir ijodi hamda o’zbek adabiyotida muhim o’rin egallaganligi, o’z she’riyati bilan o’zbek adabiyotini yangi bosqichga ko’tarib, millatning o’zligini anglashiga va milliy tafakkurni yanada yuksaltirishga beqiyos hissa qo’shganligi haqida ta’kidlab o’tildi.
Tadbir davomida fakultetning iqtidorli talaba-yoshlari tomonidan sahna ko’rinishlari hamda O’zbekiston Qahramoni Аbdulla Oripovning she’riy tuplaridan misralar keltirib tadbir qatnashchilariga hushkayfiyat ulashishdi.