Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Voleybol bo‘yicha guruhlararo sport musobaqa o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5ta muhim tashabbusining ikkinchi “Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan tashabbusi ijrosini ta’minlash maqsadida 2019 yil 27-28 mart kunlari Geologiya va konchilik fakultetining 1-kurs talaba-yoshlari o‘rtasida sportning “Voleybol” turi bo‘yicha guruhlararo musobaqa o‘tkazildi.

Musobaqada jami 12 ta guruh ishtirok etdi. Murosasiz o‘tgan musobaqada birinchi o‘rinni 1- o‘rinni “Konchilik ishi” ta’lim yo‘nalishining 112-18- guruhi jamoasi, 2- o‘rinni “Geodeziya, kartografiya va kadastr” ta’lim yo‘nalishining 113-18- guruhi jamoasi, 3- o‘rinni “Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv  va razvedkasi” ta’lim yo‘nalishining 101-18- guruhi jamoalari ko‘lga kiritdi.

Musobaqa yakunida 1- o‘rinni egallagan jamoaga 1-darajali diplom va fakultet dekanining kubogi, faxrli o‘rinlarni egallagan jamoalarga diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.