Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Biz diniy ekstremizm, terrorizm va odam savdosiga qarshimiz

2019 yil 28 mart kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining Energetika fakulteti tomonidan “Xorijiy tillar” kafedrasi va O’zbekiston musulmonlari idorasining Qashqadaryo viloyat vakilligi bilan hamkorlikda talaba-yoshlar o’rtasida “Biz diniy ekstremizm, terrorizm va odam savdosiga qarshimiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.
Tadbirda, O’zbekiston musulmonlari idorasi Qashqadaryo viloyat vakiligi, Qarshi shahar “Navo” jom’e masjidi imom xatibi M.Qambarov, Institutning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori А.Xayridinov, fakulteti dekani А.Raximov, fakultetning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan muovini А.Ruziev, fakultetning Murabbiylar kengashi raisi А.Sharapov “Xorijiy tillar” kafedrasi mudiri B.Xoliyorov, kafedra professor o’qituvchilari K.Fayzieva, G.Mansurova, Sh.Eshonqulov, G.Djumaeva, fakultet professor-o’qituvchilari T.Toshev, Yu.Ochilov, А.Umirov, А.Imomnazarov hamda 78 nafar talaba-yoshlar ishtirok etishdi.