Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

O‘zingni angla va o‘zingni sev

2019 yil 2 aprel kuni institut Xotin-qizlar qo‘mitasi va institut psixologlari bilan hamkorlikda, talaba-qizlarning o‘z-o‘zini anglashi, kibr, o‘zini hurmat qilish va o‘zini sevish farqlari, o‘zining hozirgi holatidan qoniqmaslik sababalari, o‘zining hayotida uchrayotgan xatolarning kelib chiqish negizlari va ularni bartaraf etish yo‘llari, o‘z kamchiliklarni anglash va ular bilan kurashish usullarini o‘rgatish maqsadida “O‘zingni angla va o‘zingni sev” mavzusidagi seminar-trening o‘tkazildi.

Seminar-treningda, institut Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Yu.Raxmanova, institut psixologi N.Sadatova, Texnologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari M.Tog‘aeva, N.Qaxxorova hamda 42 nafar talaba-qizlar ishtirok etishdi.