Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Abu Mu’in Nasafiy ziyoratgohiga tashrif!

2019 yil 4 aprel kuni Geologiya va konchilik fakulteti “Konchilik ishi” ta’lim yo‘nalishining 111-17-guruh talaba-yoshlari guruh murabbiysi M.Allanazarov boshchiligida, talaba-yoshlarni buyuk ajdodlarimiz mangu qo‘nim topgan ziyoratgohlar va Qashqadaryo viloyatining madaniy-tarixiy merosi bilan yaqindan tanishtirish hamda boy tarixiy merosimizni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, tarixiy me’rosimizni asrab-avaylash va ularda faxr tuyg‘usini shakillantirish maqsadida Qarshi tumani Qovchin qishlog‘ida joylashgan o‘z davrining buyuk mutafakkirlaridan biri, kalom ilmi mutafakkiri va fiqh ilmining allomasi Abu Mu’in Nasafiy ziyoratgohiga tashrif uyushtirishdi.

Tashrif davomida Abul Mu’in an-Nasafiy ziyoratgoh majmuasi masjidi bosh imom xatibi A’zamjon Musaev talaba-yoshlarga buyuk mutafakkir haqida qimmatli ma’lumotlar berib o‘tdi, jumladan: “Kalom ilmining mashhur allomasi, mutafakkir Abu Mu’in Nasafiy 1027 yil Qarshi (Nasaf)da tug‘ilgan. Shu yerda o‘qib, ilmini kamolga yetkazgan. Umar ibn Muhammad Nasafiyning “al-Qand fi zikri ulamoi Samarqand” (Samarqand olimlari zikrida qand kitobi) asarida bu olim haqida shunday deyilgan: “Sharqu G‘arbning olimu ulamolari Abu Mu’in Nasafiy ilmining dengizidan bahra topib, u taratgan ziyo nurlarini ko‘zlariga to‘tiyo qilib surtganlar”.