Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Muhandis-texnika fakultetida voleybol sport turi bo‘yicha guruhlararo musobaqa o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5ta muhim tashabbusining ikkinchi “Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan tashabbusi ijrosini ta’minlash hamda 2019 yil “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”ga bag‘ishlab 2019 yil 3-4 aprel kunlari Muhandis-texnika fakultetining 1-kurs talaba-yoshlari o‘rtasida sportning “Voleybol” turi bo‘yicha guruhlararo musobaqa o‘tkazildi.

Musobaqada jami 8 ta guruh ishtirok etdi. Murosasiz o‘tgan musobaqada birinchi o‘rinni 1- o‘rinni “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish” ta’lim yo‘nalishining 160-18- guruhi jamoasi, 2- o‘rinni “Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish” ta’lim yo‘nalishining 157-18- guruhi jamoasi, 3- o‘rinni “Xizmat ko‘rsatish texnikasi va texnologiyasi” ta’lim yo‘nalishining 156-18- guruhi jamoalari ko‘lga kiritdi.

Musobaqa yakunida 1- o‘rinni egallagan jamoaga 1-darajali diplom va fakultet dekanining kubogi, faxrli o‘rinlarni egallagan jamoalarga diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.