Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Tafakkur sinovlari Respublika ko’rik-tanlovining institut bosqichi o’tkazildi.

2019 yil 5 aprel kuni institutda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida 2019 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo’yicha chora-tadbirlar dasturi”ning 10-bandi ijrosini institutda samarali amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida fakulьtetlar jamoalari o’rtasida “Tafakkur sinovlari” respublika tanlovining birinchi bosqichi bo’lib o’tdi.
Tanlovda Neft va gaz fakultetining “Ilg’or”, Energetika fakultetining “Yosh energetiklar”, Geologiya va konchilik fakultetining “Geologlar”, Texnologiya fakultetining “Xumo”, Iqtisodiyot fakultetining “Taraqqiyot” jamoalari tasdiqlangan nizom asosida o’zaro bellashdilar.
Tanlov natijalariga ko’ra 1-o’rinni Iqtisodiyot fakultetining “Taraqqiyot” jamoasi, 2-o’rinni Texnologiya fakultetining “Xumo” jamoasi, 3-o’rinni Neft va gaz fakultetining “Ilg’or” jamaolari qo’lga kiritishdi. Tanlov g’oliblariga hamda barcha ishtirokchilarga institut rahbariyati va Kasaba uyushma qo’mitasining diplom, faxriy yorliq va estalik sovg’alari topshirildi.