Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Qarshi agrobiznes va tadbirkorlik kollejida Umumta’lim fan olimpiadalari o‘tkazildi

2019 yil 1-6 aprel kunlari Qarshi agrobiznes va tadbirkorlik kollejida “Umumta’lim fan olimpiadalari”ning viloyat bosqichi o‘tkazildi. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyining iqtidorli o‘quvchilari fan olimpiadalari faol ishtirok etib jami 16 ta faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.

Akademik litseyining iqtidorli 3-kurs, 2-kurs o‘quvchilari matematika, tarix, ona tili, nemis tili 2 ta, fransuz tili 2 ta, rus tili, geografiya fanlaridan jami 10 nafar o‘quvchilar sovrinli o‘rinlarni egallab, fan olimpiadalarining Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi, 1-kurs xisobidan ishtirok etgan 6 nafar o‘quvchi ona tilidan 1 o‘rin, nemis tilidan 1-o‘rin, fizika fanidan 1-o‘rin, matematika fanidan 1-o‘rin, informatika fanidan 1- o‘rin hamda geografiya fanidan 1-o‘rinni egallab, keyingi yil o‘tkaziladigan fan olipiadalarining viloyat bosqichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi. Matematika fanidan xalqaro olimpiada uchun o‘tkazilgan tanlovda xam akademik litseyning 3-kurs o‘quvchisi Xoliqov Bobur faxrli 1-o‘rinni egalladi.

Umumjamoa hisobida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litsey o‘quvchilari viloyat miqyosida o‘tkazilgan fan olipiadalarida faxrli 1-o‘rinni egalladilar.